Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda maktab psixologi o‘quvchi-qizlarga uyatsiz harakatlar qildi

Toshkentda maktab psixologi o‘quvchi-qizlarga uyatsiz harakatlar qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 158-sonli maktabda o‘quvchi qizlarga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar sodir etilganligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi. 

Joriy yilning 7-aprel kuni Mirobod tumanidagi 158-sonli maktabda 1963 yilda tug‘ilgan, shu maktabda psixolog lavozimida ishlovchi Azad Gasanov voyaga yetmagan qizlarga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi  («O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi A.Gasanov shahar klinik psixiatriya shifoxonasiga joylashtirilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring