Toshkentda liftda qamalib qolgan 32 yoshli ayol halok bo‘ldi
Ayolning liftda qolib ketishiga poytaxtda kuzatilayotgan elektr uzilishlari sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Toshkentdagi yangi qurilgan binolardan birida 32 yoshli ayol vafot etgani haqida @uzalert qidiruv otryadi faollari xabar berdi.
Qayd etilishicha, Parkent ko‘chasidagi 239-uyda 23-iyul kuni elektr ta’minoti o‘chirilgani sababli ijarachilardan biri liftda qolib ketgan. Videoyozuvda uning liftga kirgani aniqlangan. Lift yuqori qavatda to‘xtab qolgan. Yangi uy xonadonlariga hali aholi to‘liq ko‘chib kelmagan, shu sabab ayolni hech kim eshitmagan.
Ayol bir necha kun qidirilgan va... uning murdasi topilgan.
«Unga hech kim unga yordam bermadi va u vafot etdi. U bugun kechqurun topildi. Oilasiga hamdardlik... Bu dahshatli o‘lim.
Bu noto‘g‘ri o‘ylangan urbanizatsiya va shaharda elektr quvvati yetishmasligining oqibatlari», — deb yozdi Nikita Makarenko.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter