Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Lasetti» avtobus ortidan urildi. Haydovchi uxlab qolgani aytilmoqda

Toshkentda «Lasetti» avtobus ortidan urildi. Haydovchi uxlab qolgani aytilmoqda

Bugun, 18 oktyabr kuni tonggi soat 06:30 larda, «4-Avtobus saroyi» haydovchisi K.F «Mersedes-Bens LF» rusumli, saroy raqami 31 bo‘lgan avtobusni 122-yo‘nalishda Choshtepa ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan vaqtida, qayrilib olish jarayonida «Lasetti» rusumli yengil avtomobil  avtobusning orqa qismiga kelib urilgan.

To‘qnashuv natijasida «Lasetti» rusumli yengil avtomobil haydovchisi tan jarohati olgan hamda shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Lasetti» rusumli yengil avtomobil haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolgan. Shu sababli boshqaruvni yo‘qotib avtobusga urilgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi o‘rnatilgan tartibda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilgan.

Shu bilan birga, «Toshshahartransxizmat» AJ mutasaddi xodimlari tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring