Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bir qizning ko‘cha o‘rtasidan sudrab olib chiqilishi holatiga IIBB izoh berdi

Toshkentda bir qizning ko‘cha o‘rtasidan sudrab olib chiqilishi holatiga IIBB izoh berdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari yo‘lning qatnov qismidan bir qizni sudrab olib chiqib ketishayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Ushbu voqea 22-noyabr kuni soat 01.45 atrofida poytaxtning Mirobod tumanida sodir bo‘lgan. Toshkent shahar IIBB post-patrul xizmati xodimi xizmat vazifasini bajarayotib, Shahrisabz ko‘chasida ilgari bir necha marotaba ma’muriy javobgarlikka tortilgan (190-modda. «Fohishalik bilan shug‘ullanish» va 194-modda. «Qonuniy talablarga rioya qilmaslik») 25 yoshli F.S.ni aniqlagan. Qiz o‘sha paytda mast holatida bo‘lgan. U yaqinlashayotgan ichki ishlar xodimini ko‘rib, yo‘lning qatnov qismiga yotib olgan va bu orqali transport vositalarining o‘tishiga xalaqit bergan. F.S. o‘rnidan turib, yo‘lning qatnov qismini tark etishdan qat’iyan bosh tortganligi sababli, PPX va Milliy gvardiya xodimlari qizni yo‘ldan olib chiqishga majbur bo‘lishgan, deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring