Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda kibersport bo‘yicha oflayn turnir tashkil etildi (foto)

Toshkentda kibersport bo‘yicha oflayn turnir tashkil etildi (foto)

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Prezidentning 5 ta muhim tashabbusining uchinchisi - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish yuzasidan «Kibersport» yo‘nalishidagi «CS:GO» o‘yini bo‘yicha oflayn turnir tashkil etildi.

Turnirni «STORM INDUSTRIES LLC » MChJ va MITC Toshkent shahar Hududiy boshqarmasi hamkorligida tashkillashtirishgan. Musobaqa ASUS, «AVITEC» kompaniyalarining hududiy filiallari homiyligida o‘tdi.

Musobaqada «Arcred junior», «AAA», «Absorbed», «FMU», «Tentoria», «Storm», «Sologaming», «Toxic» va «Cookie Crew» jamoalari ikki guruhga bo‘lingan holda musobaqada qatnashdilar. 

Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»

Musobaqaning final bosqichida IT Park tashkilot qanoti ostidagi «Cookie Crew» deb nomlangan «CS:GO» kibersport jamoasi mahalliy «Storm» jamoasiga duch keldi. Final uch raund (birinchi raund 41 aylana, ikkinchi va uchinchi raundlar 30 aylana) davom etdi.

Birinchi raundda IT park jamoasi haqiqiy iroda ko‘rsatdi. 15:9 hisobida mag‘lub bo‘layotganiga qaramasdan, o‘zini qo‘lga oldi va yakunda 21:20 hisobida birinchi raundni o‘z foydasiga hal etdi. Ikkinchi raund ham IT parkning «Cookie Crew» jamoasi ustunligida boshlandi, biroq yakunda «Storm» g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchinchi raund hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Uchinchi raund emotsiyalarga haqiqatdan ham boy kechdi. «Cookie Crew» uchinchi raundda ham ustunlikka ega edi, ammo bu safar ham «Storm» iroda namoyish eta oldi.

«Storm» «Storm» tournament» turnirida O‘zbekistonning eng kuchli jamoasiga aylandi. 

Turnirning mukofot jamg‘armasi 5 000 000 so‘mni tashkil etdi hamda qo‘shimcha Asus kompaniyasidan o‘yin «devayslari» ham mavjud. G‘oliblar pul, Asus tomonidan sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring