Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda keng miqyosda ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlanadi

Toshkentda keng miqyosda ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlanadi

Foto:«Xabar.uz»

2-iyul kuni Toshkentda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan «Toshkentni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish – dolzarb vazifa» mavzusidagi Ochiq muloqot tashkil etildi.

Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasi hamkorligida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda OAV vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida mutasaddilar tomonidan Toshkent shahrida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, Prezident topshirig‘iga binoan 2021-2022 yillarda Toshkentning 524 ta mahallasida yashil hududlarni sug‘orish uchun 1500 ta quduqni burg‘ulash, 130 km piyodalar va 117 km velosiped yo‘laklarini qurish, 12 ta bog‘, 25 ta yashil hudud va saylgohlarni tashkil qilishg, shuningdek, umumiy 140 ga maydonga ega bo‘lgan attraksionlarsiz bog‘larni va har bir tumanda kichik yashil bog‘larni barpo qilish, 2023 yilga qadar poytaxtda yashil hududlar ko‘lamini 30% gacha kengaytirish rejalashtirilayotgani aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, ochiq muloqotda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida aholining fikri va takliflari inobatga olinishi ma’lum qilindi. Tadbir davomida jurnalistlarga yangi bog‘lar, sayilgohlar, velosiped va piyodalar yo‘laklarining birlamchi loyihalari taqdim etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring