Toshkentda katta prokuror va tergovchi qo‘lga olindi
Toshkentda Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori E.A. hamda Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi A.D. qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ularga nisbatan joriy yil 6 may kuni Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlandi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter