Toshkentda karantin vaqtida yangi restoran ochilishi va ish boshlashi xabar qilindi
Toshkentda karantin vaqtida yangi restoran ochilmoqda. Bu haqda restoranning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berilgan.
Xabarda aytilishicha, 10 maydan mehmonlar uchun eshiklar ochiladi. Restoran binosi to‘liq dezinfeksiya qilinishi va kun davomida muntazam sanitar tozalash ishlari olib borilishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq tuman (shahar)larni tegishli toifalarga ajratgan holda bosqichma-bosqich bekor qilishda ko‘ngilochar ob’yektlar — tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik belgilab qo‘yilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter