Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda joriy yilgi isitish mavsumi tugadi

Toshkentda joriy yilgi isitish mavsumi tugadi

2025-yilning 8-martdan 14-martgacha bo‘lgan davrda Toshkentda o‘rtacha sutkalik harorat  11,6 daraja (8 martda minimal – 9 daraja, 14-martda esa maksimal – 13,1 daraja) bo‘ldi.

Toshkent shahrida issiqlik ta’minotini yetkazib beruvchi Veolia Energy Tashkent kompaniyasi Hukumatning 2014 yil 15 iyuldagi 194-son qaroridagi «o‘rtacha sutkalik havo harorati ketma-ket besh kun mobaynida 8 darajada saqlanib tursa, isitish mavsumi yakunlanishi» borasidagi tartibga asosan, isitish mavsumi yakunlanishi haqida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, poytaxt hokimligi bu borada yaqin orada tegishli qarorni qabul qiladi.

«Isitish mavsumi yakunlangach, keyingi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish ishlarining muhim bosqichi boshlanadi.

Kompaniya yilning sovuq mavsumida issiqlik ta’minoti yanada barqaror va sifatli bo‘lishi uchun issiqlik tarmoqlari, mahalliy qozonxonalar va nasos stansiyalarida joriy hamda kapital ta’mirlash ishlarini olib boradi», – deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring