Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi (video)

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi (video)

Foto: «Voditeli Tashkenta»

Bugun, 6 mart kuni ertalab «18-avtobus saroyi»ga qarashli «Chorsu» — «Oqlon mahallasi» yo‘nalishida qatnovchi 27-avtobus YTH oqibatida adarilib ketgan. Bu haqda «Xabar.uz»ga hodisa guvohlari xabar berishdi.

Ma’lum qilinishicha, «Isuzu» rusumidagi avtobus Toshkent shahridagi 1-shahar klinik shifoxonasi yaqinida Nurafshon ko‘chasida yo‘l o‘rtasidagi to‘siq va ustunlarga urilib, ag‘darilgan. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lgan.

Voqea joyiga ikkita tez tibbiy yordam mashinasi yetib kelib, jabrlanuvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatgan.

«Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati xabar berishicha, ikki kishi yengil darajada jarohatlangan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

«Voditeli Tashkenta» guruhida e’lon qilingan videodan ko‘rish mumkinki, ag‘darilgan avtobus maxsus transport yordamida «oyoqqa turg‘izilgan».

Bir necha kun avval «Toshshahartransxizmat» avtobusdan majburlab tushirilgan keksa ayol voqeasi tafsilotlarini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring