Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda issiqlik ta’minoti xizmatlari narxi oshdi

Toshkentda issiqlik ta’minoti xizmatlari narxi oshdi

Poytaxt hokimining tegishli qarori bilan «Veolia Energy Tashkent» MChJ XK tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlar (tariflar) tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, kompaniya tomonidan ko‘rsatiladigan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun narx (tarif):

  • aholi uchun QQSsiz 121 617 so‘m/Gkal;
  • boshqa ulgurji tashkilotlarga QQSsiz 244 497 so‘m/Gkal miqdorida belgilandi.

Tartibga solinadigan bazaviy narx (tarif) va budjet tashkilotlari tarifi amaldagi
darajasida (mos ravishda QQSsiz 664 465 so‘m/Gkal va 801 963 so‘m/Gkal) o‘zgarishsiz saqlab qolingan.

Hujjat bilan har yili Toshkent shahar mahalliy budjeti parametrlarini shakllantirishda aholiga issiqlik energiyasi va issiq suvga pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash va investitsion xarajatlarni qoplash uchun zarur subsidiya mablag‘larini nazarda tutish hamda aholiga issiqlik ta’minoti xizmatlari bo‘yicha pasaytirilgan tariflar qo‘llanilishi natijasida yuzaga keladigan zararlar va investitsion xarajatlarga asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq, Toshkent shahar mahalliy budjeti hisobidan har oyda subsidiyalar ajratish orqali qoplab berilishi nazarda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta aholi uchun yangi tariflar 2023-2024 kuz-qish mavsumi (isitish mavsumi) rasmiy yakunlangan kundan bir kun o‘tib kuchga kirgan va unda markaziy isitish va issiq suv yetkazib berish xizmatlari uchun QQSsiz 105 754 so‘m/Gkal miqdorida narxlar (tariflar) belgilangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring