Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda biometrik ma’lumotlar asosida inson yuzini tanish tizimi ishga tushiriladi

Toshkentda biometrik ma’lumotlar asosida inson yuzini tanish tizimi ishga tushiriladi

Toshkentda biometrik ma’lumotlar asosida inson yuzini aniqlash tizimi ishga tushiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 69-sessiyasida so‘z bordi.

Sessiyada deputatlar Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi Shavkat Fayziyevning «Biometrik ma’lumotlarga asoslangan yuzni aniqlash va nazorat qilish tizimining loyiha konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi axborotini muhokama qilishdi.

Mutasaddining ta’kidlashicha, aholi salomatligi va jamoat tartibini saqlashda, huquqbuzarliklarning oldini olishda, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashda ushbu tizimning ahamiyati katta. Shu bois, biometrik ma’lumotlarga  asoslangan yuzni aniqlash va nazorat qilishning kompleks tizimi yaratilmoqda.

«Natijada jamiyatda ko‘plab muammolarga yechim topiladi. Jumladan, ilg‘or texnologiyalar asosida xavfsizlik ta’minlanadi, ijtimoiy ob’yektlar, jamoat joylarida nazorat va tezkor axborot tizimi takomillashtiriladi, biometrik ma’lumotlar bazasiga asoslangan nazoratni kuchaytirish mexanizmi joriy etiladi, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga erishiladi», – deydi Shavkat Fayziyev.

Deputatlar, shuningdek, ushbu yangilik kelgusida aholi salomatligini ta’minlash, xususan, virusli, yuqumli kasalliklar tarqalishi, jinoyatchilik va terrorizm kabi xavf-xatarlarning oldi olish yo‘nalishidagi ishlarga =am katta yordam bo‘lishini ta’kidlashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring