Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda InfinBank va Visa kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkentda InfinBank va Visa kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

InfinBank raqamli to‘lovlar sohasida jahon yetakchisi Visa kompaniyasining top-menejerlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar O‘zbekistondagi Visa loyihalari va tashabbuslarini, InfinBank bilan hamkorlikni, shuningdek, qo‘shma mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni muhokama qildilar.

Kichik va o‘rta biznes uchun Visa Direct
Xizmat butun dunyo bo‘ylab Visa hisob-raqamlarga to‘lovlarni bir zumda jo‘natish imkonini beradi. Bugun esa tomonlar bu sohani rivojlantirish, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes vakillari uchun muhimligini ta’kidladilar.

Hamkorlik tufayli InfinBank’ning tadbirkor mijozlari bir zumda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin, bu esa biznes egalariga pul mablag‘larini tezroq qabul qilish va jo‘natish imkonini beradi. Eng muhimi, InfinBank va Visa barcha to‘lovlar uchun yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlaydi.

Ekvayring bilan yangi imkoniyatlar
Ekvayring - bu chakana savdo nuqtalarida yoki onlayn-do‘konlarda kredit va debet kartalari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshirish jarayoni. Bu jarayon korxonalar uchun ham, iste’molchilar uchun ham ko‘plab imkoniyatlar yaratadi. Misol uchun, u turli xil to‘lovlarni, jumladan kredit va debet kartalarini, mobil to‘lovlarni, elektron hamyonlarni va boshqa raqamli to‘lov usullarini qabul qilish imkonini beradi.

Tomonlar ushbu sohani rivojlantirish strategiyasini muhokama qildilar. Oddiyroq qilib tushuntirganda, Ekvayring – bu to‘lovlarni qabul qilish jarayonini soddalashtiradigan kuchli biznes vositasi hisoblanadi.

Visa kredit kartasi
InfinBank va Visa o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri bu InfinBlack kredit kartasini 50 kungacha yangilanadigan foizsiz muddatga ishga tushirish va foydalanishdir.

Bankning 2021 yilda o‘zining Visa’ga asoslangan qayta ishlashga o‘tishi tufayli ko‘p sonli «kredit plyushkalari» bo‘lgan mahsulotlarni realizatsiya qilishga imkoniyat yaratildi. Bugungi kunda InfinBank O‘zbekistondagi eng qulay kreditlarni taklif etmoqda va Visa kartasi bilan xarid qilishda komissiya undirilmaydi.

Bozordagi rivojlanish
Visa kompaniyasi vakillari InfinBank’ning mahsulot va xizmatlarni ilgari surish bo‘yicha faol ishni, shuningdek, qiziqarli aksiya va tanlovlarni tez-tez o‘tkazib turishini alohida ta’kidladilar.

Masalan, hozirda barcha bank mijozlari iPhone 15 bosh sovrinining g‘olibi bo‘lish uchun «O‘tkazma uchun iPhone» aksiyasida, shuningdek, InfinBank Visa kartasi orqali to‘lovni amalga oshirib 200% keshbek olishlari mumkin bo‘lgan «Misli ko‘rilmagan 200% Cashback» aksiyasida ishtirok etishlari mumkin.

InfinBank hamkorlikdagi maqsadlarga erishish va bank mijozlariga yuqori sifatli va aktual xizmatlarni taqdim etish uchun Visa bilan samarali hamkorlikni davom ettiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring