Toshkentda ikki bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi
SSV poytaxtda yana ikkita o‘lim holati bo‘yicha xabar berdi.
Toshkent shahri Mirobod tumanida yashagan 46 yoshli bemor S.L.da (erkak) joriy yil 20-iyul kuni COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan va nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayib Zangiota ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumla kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya hamda semizlik kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Toshkent shahri Shayxontahur tumanida yashagan 58 yoshli bemor Sh.D.da ham 20-iyul kuni COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan va Zangiota ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumla kasalliklar shifoxonasiga kun davomida tana harorati ko‘tarilib, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli yotqizilgan.
Unga ham COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan. Har ikki bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter