Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda IIB xodimlari ayol kishini uyidan majburlab olib chiqib ketgani bo‘yicha rasmiy izoh berildi

Toshkentda IIB xodimlari ayol kishini uyidan majburlab olib chiqib ketgani bo‘yicha rasmiy izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi mojaro aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 10-avgust kuni N.B. va Z.A. Shayxontohur tumani Jangoh mavzesida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan o‘zaro janjallashib, jamoat tartibini buzishgan. Holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida fuqaro N.B. chaqirilgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimining IIBga ko‘rsatilgan muddatda kelish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini bajarmagan. Yuqoridagi holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan. Birok, N.B. bir necha marotaba sud tomonidan chaqirtirilgan bo‘lishiga qaramasdan sababsiz sud majlisiga kelmaganligi sababli uni majburiy keltirish qarori chiqarilgan.

Joriy yilning 9 sentyabr kuni fuqaro N.B. IIO xodimlari tomonidan majburiy tartibda sudga olib ketilayotganligi holati videoda aks etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan fuqarolar N.B. va Z.A.larga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Xodimlarning harakati yuzasidan prokuratura tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring