Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ichki ishlar xodimi pichoqlandi

Toshkentda ichki ishlar xodimi pichoqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkentning Yangihayot tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan profilaktika inspektorining ko‘ksiga pichoq sanchildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, 14 aprel kuni Yangihayot tumani IIB XPB profilaktika inspektorlari bir xonadonda janjal bo‘layotganligi haqidagi xabarga aniqlik kiritish maqsadida yetib kelishgan.

Shu payt, xonadon egasi mast holda xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, profilaktika inspektorlaridan birining ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Tan jarohati olgan inspektor shifoxonaga olib borilgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105 (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) va 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring