Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda go‘sht narxiga cheklov qo‘yilgani aytilmoqda

Toshkentda go‘sht narxiga cheklov qo‘yilgani aytilmoqda

Foto: «Gazeta.uz»

18-oktyabrdan yirik supermarket tarmoqlari, do‘konlar va ayrim bozorlarda yuqori narx tasnifiga kiruvchi go‘sht yo‘qolib qolgani, mavjud go‘sht mahsulotlarining narxi esa 60 ming so‘mdan oshmayotgani ma’lum bo‘ldi. «Gazeta.uz»ning yozishicha, bu haqda mushtariylar ham ma’lum qilgan, ijtimoiy tarmoqlarda ham xabarlar qoldirilgan.

Ismini oshkor etishni istamagan sotuvchining nashrga ma’lum qilishicha, go‘sht narxiga 60 ming so‘mlik cheklov qo‘yilgan, shu bois u yog‘ va suyak qo‘shib berishga majbur bo‘lyapti. O‘tgan hafta xuddi shu go‘sht 70 ming so‘m bo‘lgan. Sotuvchining fikricha, narxni nazorat qilish befoyda, vaziyat yanada yomonlashadi, bundan avval ham shu kabi o‘xshamagan urinishlar ko‘p bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktyabr kuni oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgan edi. Unda go‘sht, tuxum, o‘simlik yog‘i va shakar narxining keskin o‘sishi aholining noroziligiga sabab bo‘layotgani ta’kidlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring