Toshkentda gaz portlashidan bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi shifoxonaga olib ketildi

Sergeli tumanidagi omborlardan birida gaz-havo aralashmasining portlashi sodir bo‘ldi.
Bugun, 31 iyul kuni soat 19:30 larda poytaxtimizning Sergeli tumanida joylashgan «Qushqo‘rg‘on» mahallasidagi omborda gaz-havo aralashmasining portlashi sodir bo‘ldi.
Portlash oqibatida ombordan tashqari, ushbu korxonaning ofis binolari qulab tushdi va yonma-yon joylashgan do‘kon ham qisman zarar ko‘rdi.
Afsuski, falokat oqibatida korxona xodimi vafot etdi, yana uch kishi turli darajada tan jarohatlari olib, ular kasalxonaga yotqizilgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, portlash xonaga gaz siqib chiqishi oqibatida yuzaga kelgan. Voqea joyida hozir vayronagarchiliklarni bartaraf qilish bilan shug‘ullanayotgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari, shuningdek, IIV, Bosh prokuratura va boshqa tegishli idoralar vakillari ishlamoqda.
Hodisa haqida qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter