Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda fuqaro katta miqdorda etil spirti bilan qo‘lga tushdi

Toshkentda fuqaro katta miqdorda etil spirti bilan qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazdi. 

Unda fuqaro B.O. «K.S» MChJga tegishli 6 000 litr etil spirtini ushbu korxonada norasmiy ishlab kelgan S.I.dan jami 153 mln so‘mga sotib olishga kelishib, ushbu spirt mahsulotini boshqa bir fuqaro F.M.ga 13 700 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring