Toshkentda «Damas» 4 o‘quvchini urib yubordi, qurbon bor

Kecha, 2 oktyabr kuni Yangihayot tumani Chinor va Polvonyor ko‘chalari kesishmasida 2001 yilda tug‘ilgan A.K. ishonchnoma asosida “Damas”ni boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda yo‘l chetida turgan voyaga yetmagan piyodalarni urib yuborgan va “Neksiya”ga borib urilgan.
YTH oqibatida piyodalar – 10-sinf o‘quvchilari G.K., S.M. va T.X.lar va ikkala haydovchi badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Yana bir piyoda – 10-sinf o‘quvchisi A.Y. YTH oqibatida olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonaga yetkazish davomida hayotdan ko‘z yumgan.
Mazkur fakt asosida Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter