Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Cobalt» va «Lacetti» to‘qnashuvida haydovchi vafot etdi

Toshkentda «Cobalt» va «Lacetti» to‘qnashuvida haydovchi vafot etdi

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Toshkentda «Cobalt» va «Lacetti» avtomobillari to‘qnashuvi natijasida haydovchilardan biri vafot etdi, deya xabar berdi Toshkent shahar IIBB.

Ma’lum qilinishicha, 27-mart kuni soat 15:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumanida 43 yoshli D.K. «Cobalt» rusumli avtomashinasi boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda mashina qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan va 30 yoshli S.R. boshqarib ketayotgan «Lacetti»  bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida «Lacetti» avtomashinasining yo‘lovchilari — 24 yoshli Sh.Sh., 32 yoshli N.K. shuningdek, tanasida turli darajada tan jarohatlari olgan «Cobalt» avtomashinasi haydovchisi kasalxonaga yotqizilgan.

«Lacetti» haydovchisi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Ushbu fakt bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida (transport boshqarish qoidalarini buzish) nazarda tutilgan huquqbuzarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring