Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda boshlangan «mebel mojarosi» Samarqandda hal bo‘ldi

Toshkentda boshlangan «mebel mojarosi» Samarqandda hal bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro M.R. Iste’molchilar federatsiyasiga murojaat qilgan.

Unga ko‘ra, fuqaro 2022-yilning avgust oyida Toshkent viloyati M.Ulug‘bek tumanida joylashgan «Mondelux Kitchen» MChJdan jami 79 million 500 ming so‘mlik oshxona mebellari to‘plamini xarid qilgan.

Mazkur mebellarning granit tosh qismi sifatiz bo‘lgani sababli, fuqaro uni almashtirib berish uchun MChJ rahbariyatiga bir necha marta murojaat qilgan, lekin muammo o‘z yechimini topmagan.

«Mondelux Kitchen» MChJning bosh korxonasi Samarqand viloyatida joylashganligi bois, mazkur murojaat Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ma’sul xodimlari tomonidan o‘rganildi.

Natijada, MChJ rahbar va xodimlariga amaldagi qonun talablari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, 30-mart kuni iste’molchining xarid qilgan mebellar to‘plami yangisiga almashtirilib berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring