Toshkentda «bog‘cha opa»lar malakasini oshirish markazi quriladi
Hukumatning 19-dekabrdagi 714-sonli qarori bilan Toshkentda Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi qurilishi belgilandi.
Markaz Koreya hamkorlik agentligi (KOICA)ning umumiy qiymati 12,5 mln dollar bo‘lgan grant mablag‘lari hisobidan barpo etiladi. O‘z navbatida, mazkur mablag‘lar hisobidan poytaxtda innovatsion maktabgacha ta’lim tashkiloti ham qurilishi rejalashtirilgan.
Ushbu ikki ob’yekt binosini qurish uchun Toshkent shahri Yunusobod tumani Nurafshon va Sharof Rashidov ko‘chalari oralig‘ida 1,6 gektar yer maydoni ajratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter