Toshkentda Baxtiyor Saidov va Entoni Blinken uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 1-mart kuni Toshkentda O‘zbekiston TIV rahbari v.b. Baxtiyor Saidov va AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar tashqi savdo almashinuvlariga sharoitlar yaratish, mintaqaviy xavfsizlik hamda boshqa turli masalalar bo‘yicha fikr almashganlar.
«AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Janobi Oliylari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik. Biznes almashinuvlari uchun qulay sharoitlar yaratish, O‘zbekiston kadrlar salohiyatini oshirish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va boshqa qator masalalar bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni birlashtirishga kelishib oldik. AQSh Hukumati tomonidan O‘zbekiston Prezidentining islohotlar dasturini muntazam va har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini yuksak qadrlaymiz», – deb yozadi O‘zbekistonning tashqi siyosat bo‘yicha rasmiysi Baxtiyor Saidov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken O‘rta Osiyo mintaqasidagi beshta davlat (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) vakillari bilan uchrashishni maqsad qilgani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter