Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Balli yigitlar» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi (foto)

Toshkentda «Balli yigitlar» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 12 yanvar kuni Yoshlar ijodiyot saroyida «Balli yigitlar» nomli ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.   

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda 1,2,3,4 bosqich kursantlari va muddatli harbiy xizmatchilardan tashkil topgan jamoalar 5 ta shart asosida bellashdilar.

Jamoalar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ma’naviy savodxonligi, notiqlik san’ati, zukkoligi, epchilligi, san’at borasidagi mahorati, noodatiy vaziyatlarda tezkorlikda to‘g‘ri qaror qabul qilishi bo‘yicha baholandi.

Yigitlarni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari malakali vakillaridan iborat hakamlar hay’ati baholab bordi.

Shuningdek, tadbir davomida institut orkestr jamoasi, badiiy havaskorlik va jangovar harbiy san’at harakatlarini namoyish qiluvchi jamoalar o‘z chiqishlari bilan bayram shukuhini ulashdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring