Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayolning yuziga kislota sepib qochganlar ushlandi

Toshkentda ayolning yuziga kislota sepib qochganlar ushlandi

Foto: «ntv.ru

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida shu yil 29-iyun kuni noma’lum shaxslar Chilonzor 11-dahasida bezorilik oqibatida L.K. ismli ayolning yuziga kislota suyuqligini sepib yuborib, voqea joyidan yashiringan.

Olingan jarohat oqibatida L.K. kasalxonaga yotqizilgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmazor tumanida yashovchi N.A., Sh.N., D.A. va H.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring