Toshkentda avtobuslarga qoidabuzarliklarni qayd etib boruvchi videoregistratorlar o‘rnatilmoqda

Toshkent shahridagi yo‘lovchi tashuvchi avtobuslarga ayrim qoidabuzarliklarni qayd etib boruvchi videoregistratorlar o‘rnatish boshlandi.
Bu haqda IIV YHXX ma’lum qildi.
Mazkur videoregistratorlar avtobuslar to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylar — bekatlardagi avtomobillarni, shuningdek, yo‘llardagi boshqa qoidabuzarliklar videosini maxsus tizimga joylashtirib boradi.
Avval Samarqandda ham avtobuslar qoidabuzarliklarni qayd etib boruvchi videoregistrator uskunalari bilan jihozlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter