Toshkentda avtobuslar bir oyda qancha yo‘lovchi tashigani ma’lum qilindi
«Toshshahartransxizmat» AJga qarashli avtobuslar avgust oyi mobaynida qancha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgani ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, ayni vaqtda poytaxt yo‘llarida jami 141 ta yo‘nalish bo‘lib, bir oyda ushbu yo‘nalishlar bo‘ylab jami 8 mln 580,1 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan.
Bunda eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:
- 131 - sonli yo‘nalish - 224 164
- 58 - sonli yo‘nalish - 189 414
- 116 - sonli yo‘nalish - 163 283
Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
- 141- sonli yo‘nalish - 2 362
- 143- sonli yo‘nalish - 3 395
- 196- sonli yo‘nalish - 4 183
Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:
- Mercedes-Benz LF - 3 097 479
- Isuzu - 2 027 368
- Man - 1 593 067
- Saz LE 60 - 1 567 160
- Yutong (Elektrobus) - 295 837
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter