Toshkentda avtobus va metro yo‘lkirasi oshadi

Toshkent shahar jamoat transportida 2022-yil 1-yanvardan yo‘lkira narxini 1 700 so‘m miqdorida belgilash (hozirda 1 400 so‘m) rejalashtirilmoqda. Bu Toshkent shahar hokimining «Yangi tariflar joriy qilinishi to‘g‘risida»gi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.
2022-yil 1-yanvardan Toshkent shahri hududida shahar yo‘lovchilar transporti — avtobus va metropolitenda qatnovlar amalga oshirish uchun cheklangan tariflar:
- bir yo‘lovchi uchun – 1 700 (bir ming yetti yuz) so‘m;
- bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun - 3 000 (uch ming) so‘m.
Qayd etilishicha, yo‘lkira haqi yig‘ilishida shaffoflikning ta’minlanishi shahar jamoat transportida naqd pul orqali to‘lovlarni amalga oshiruvchi yo‘lovchilar soni kamayishi evaziga transport kartalaridan foydalanuvchilarning soni va ulardan tushadigan mablag‘larning keskin o‘sishiga, ular tomonidan cheklangan tariflar asosida ko‘riladigan zararlar miqdorining kamayishiga olib keladi.
2022 yilda yangi tariflarning joriy etilishi natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga binoan, «Toshshahartransxizmat» AJ tizimidagi avtobus saroylari hamda «Toshkent metropoliteni» UKning kutilayotgan umumiy zarari miqdori kamayishi evaziga shahar mahalliy budjetida 128-130 mlrd so‘m miqdorida mablag‘lar tejalishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter