Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobus piyodani bosib ketdi

Toshkentda avtobus piyodani bosib ketdi

Kecha, 10 dekabr kuni Toshkent shahrida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani avtobus urib yuborishi oqibatida ayanchli hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

YTH taxminan soat 18:40 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi Minor metrosi qarshisida yuz bergan. Haydovchisi 1990 yilda tug‘ilgan T.J. boshqaruvidagi davlat raqami 01 968 XAA bo‘lgan 72-sonli yo‘nalishli avtobus harakatlanayotgan vaqtida, yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda T.U.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda olgan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring