Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda aholi orasida 100 ga yaqin kishida koronavirus aniqlandi

Toshkentda aholi orasida 100 ga yaqin kishida koronavirus aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

2020-yil 12-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12997 (+142) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 45 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 97 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 121 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Navoiy viloyatida 1 nafar, jami 129 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 7852 (+129) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (60 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 5085 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring