Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 4 kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi

Toshkentda 4 kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi

Bir muddat oldin Toshkent shahridagi tumanlarning birida yashovchi uch nafar erkak va bir ayol spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Daryo» nashrining manbasiga tayanib xabar berishicha, 33 yoshli yana bir erkak komada qolmoqda. 

Qayd etilishicha, 2022-yilning 8-oktyabr kuni poytaxt tumanlarining birida yashovchi 36 yoshli erkak sog‘lig‘idan shikoyat qilib, shifoxonaga yotqizilgan. Va spirtli ichimlikdan zaharlanishi oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Bundan tashqari 9 oktyabr kuni aynan shu tumanda yashovchi ikki nafar erkak va bir ayol ham spirtli ichimlikdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan. 44 va 65 yoshli erkak, shuningdek, 56 yoshli ayol spirtli ichimlik iste’mol qilib, sog‘ligi yomonlashgani sabab shifoxonaga olib kelingan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan vafot etgan.

Bosh prokuratura mazkur holatni tasdiqlab, ayni vaqtda Jinoyat kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

«Tergov harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring