Toshkentda 3 oyda mingdan ortiq fohisha javobgarlikka tortilgan
Joriy yilning uch oyi davomida Toshkent shahrida fohishalik bilan shug‘ullangan 1 068 nafar shaxslar aniqlanib, ma’muriy tartibda javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.
IIBBning aniqlashicha, javobgarlikka tortilganlarning 92,8 foizi (992 nafar) viloyatlardan kelib, bu turdagi huquqbuzarlikni sodir etgan.
Bundan tashqari, joriy yilning uch oyi davomida qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 209 ta holat aniqlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Eslatib o‘tamiz, fohishalik bilan shug‘ullanish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasiga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlik deb baholanadi va bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash O‘zbekiston Respublikasining 131-moddasiga asosan jinoyat sifatida malakalanadi va sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter