Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 25,5 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkentda 25,5 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahri Olmozor tumanida 25,5 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan, DBQ va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar U.Q., T.G‘. va B.X. «Volk X091» va «S novim godom X082» nomli pirotexnika buyumlarini sotgan vaqtida ushlanib, 30 dona «Volk X09» va 78 dona «S novim godom X082» nomli jami 25,5 mln so‘mlik pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring