Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 14 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi

Toshkentda 14 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2004-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan G‘afurova Visola Ravshan qizi joriy yilning 29 noyabr kuni taxminan soat 12:00 da Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan qarindoshining uyidan chiqib, bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

G‘afurova Visola Ravshan qizi Toshkent viloyati Toshkent tumani Keles shahri 18-maktab 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.

Belgilari: bo‘yi 150 sm, sochlari uzun va yorqin jigar rang, gavda tuzilishi o‘rtacha. Kiyimlari: qora palto, qora shim va mexli etiklar.

Toshkent shahar IIBB ushbu qizning qayerdaligi haqida ma’lumotga ega bo‘lganlarni 102 raqami orqali xabar berishlarini so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring