Toshkentda 13 yoshli bola «Tracker» olib qochdi
Joriy yilning 2 noyabr kuni Toshkent shahrida 13 yoshli bola «Tracker» avtomobilini olib qochdi. Bu haqda Ichki ishlar Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Chilonzor tumanida 2 noyabr kuni kechki soat 4-5 atrofida Tracker egasi ishdan qaytgach, mashinasini odatdagi joyida qoldirgan. Ammo avtomobil eshigi ochiq qolgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 7-sinf o‘quvchisi tunda ochiq qolgan avtomobilni osonlikcha o‘t oldirgan.
Ertalab 07:10 atrofida mashinasi yo‘qligidan xabar topgan ayol militsiyaga xabar bergan.
Xodimlar tomonidan tumanning Qatortol ko‘chasida xizmat olib borilayotganda 09:30 larda Tracker avtoulovi to‘xtatilgan. U to‘xtamasdan, qarama-qarshi yo‘lga chiqib harakatlangan. Mashina quvilib, siquv yo‘li bilan to‘xtatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter