Toshkentda 12-qavatda joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 31-dekabr kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanining «Gulshanobod» mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning 12-qavati balkon qismida (5 kv.metr joy) yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Voqea joyiga tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari yetib borishgan va yong‘in zudlik bilan bartaraf etilgan.
Hozirda vaziyat tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan ham nazoratga olingan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in kelib chiqish sababi hozirda ma’lum emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter