Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida karantin tadbirlari kuchaytiriladi

Toshkent viloyatida karantin tadbirlari kuchaytiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent viloyati hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, fuqarolar salomatligini muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida viloyat mas’ullari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda asosan aholi gavjum bo‘ladigan bozor va savdo markazlari, jamoat joylari va jamoat transportlarida ijtimoiy masofani saqlash, himoya niqobini taqish va antiseptik vositalardan foydalanish holatlari yuzasidan viloyat hududida nazorat tadbirlari o‘tkazilishi belgilandi.

«Hurmatli Toshkent viloyati aholisi va mehmonlari! Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, o‘zingiz va o‘zgalar sog‘lig‘ini asrash, viloyat hududida kasallik tarqalishini oldini olish uchun, belgilangan karantin qoidalariga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxtda karantin talablari kuchaytirilishi ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring