Toshkent viloyatida ikki nafar «zakladchik» qo‘lga tushdi
Toshkent viloyati IIBB o‘tkazgan giyohvandlik hamda kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop va sintetik dori vositalarining aylanmasiga qarshi kurashish doirasida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlarining birida ikki nafar yigit qo‘lga olindi.
Viloyat IIBBning ma’lum qilishicha, Yuqori Chirchiq tumanida tungi xizmatga jalb qilingan Patrul-post xizmati xodimlari va hududiy profilaktika inspektori tomonidan «Jumabozor» hududida shubhali ko‘ringan 2000-yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs (A.S. va S.J) to‘xtatib tekshirilgan.
Natijada ushbu shaxslarning yonidan 28 dona qizil poliyetilen paketlarda qadoqlangan tarkibida faol giyohvand modda bo‘lgan sintetik vositalar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.
O‘rganishlar davomida ular giyohvandlik vositalarni belgilangan joylarga yashirib, joylashuv manzilini mobil telefonlari orqali suratga olib buyurtmachiga yuborishlari ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Yuqori Chirchiq tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter