Toshkent viloyatida 3 oylik chaqalog‘ini 8 ming dollarga pullayotgan fuqaro ushlandi
2019-yil 18-martda IIV tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashab kelayotgan 25 yoshli Sh.O. o‘zining 3 oylik o‘g‘lini O‘rtachirchiq tumanida 8 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Surxondaryoda 8 kunlik farzandini sotishga uringanlar qo‘lga tushgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter