Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati hokimiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent viloyati hokimiga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

Foto:«Uza.uz»

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi. 

Unda Zuhra Mirgaziyeva Turayevna viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Z.Mirgaziyeva shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davron Hidoyatov Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring