Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent transporti» mobil ilovasidan «Velos sity»gacha. Bosh vazir maslahatchisiga yangi loyihalar ko‘rsatildi

«Toshkent transporti» mobil ilovasidan «Velos sity»gacha. Bosh vazir maslahatchisiga yangi loyihalar ko‘rsatildi

Foto: Elektron hukumat markazi

Kecha, 7 avgust kuni «Toshshahartransxizmat» AJda raqamlashtirish holati o‘rganildi, deb xabar bermoqda Elektron hukumat markazi axborot xizmati.

Unda O‘zbekiston bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i Olimjon Umarov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi rahbariyati va boshqalar ishtirok etishdi.

«Toshshahartransxizmat» mutaxassislari tomonidan «Toshkent transporti» mobil ilovasi taqdimoti o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, endilikda mazkur mobil ilova foydalanuvchilari:

  • Shahar jamoat transporti harakat tarkibini (avtobuslarni) real vaqtda kuzatish;
  • Avtobuslarni safar vaqtlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
  • Foydalanuvchi (yo‘lovchi) turgan joyga eng yaqin bo‘lgan oraliq bekatlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish;
  • Manzilga elituvchi eng tezkor va foydali yo‘nalishga ega bo‘lish;
  • Shahar jamoat transportida harakatlanishning eng maqbul (optimal) usulini topish;
  • Harakatlanish chizmasi, lokatsiyasi hamda avtobuslar va foydalanuvchining harakat tarixini saqlash;
  • Elektron transport kartalari sotish shoxobchalari joylashuvini (lokatsiyasini) tezkorlik bilan topish va ushbu manzilga harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishini ko‘rish;
  • Shaxsiy transport vositasidan foydalanmagan holda, yo‘nalishning A nuqtadan B nuqtasiga borish bo‘yicha aniq qo‘llanmaga ega bo‘lishlari mumkin.

O‘rganish davomida Toshkent shahri jamoat transporti Dispetcherlik boshqaruv avtomatlashtirilgan tizimi hamda Jamoat transporti/avtobus bekat va shoxobchalar elektron ID reyestri haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, poytaxtda yangi – Velos sity loyihasi yo‘lga qo‘yilishi haqida axborot berildi.

Unga ko‘ra, Toshkent markazidagi «Milliy bog‘»dan Yunusobod tumanining 12-dahasigacha veloyo‘lak tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring