Toshkent shahrining sobiq hokimi qurilish vaziri bo‘ldi
Abduqahhor To‘xtayev O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri etib tayinlandi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib «Daryo» xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi 2-aprel kuni «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni bilan tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, Abduqahhor To‘xtayev 2005—2011-yillarda Toshkent shahriga, 2016-yil sentyabr oyidan 2017-yil aprel oyiga qadar Jizzax shahriga hokimlik qilgan.
U 2017-yil 25-apreldan boshlab esa Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter