Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi
![Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/7/720_460_95_2774108282.jpg)
Bugun, 4-yanvar kuni Toshkent shahridagi «Xo‘ja Allambardor» jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla Rahmonov O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahridagi vakili, shahar bosh imomi va Yunusobod tumani «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmat xabar bermoqda.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan «Minor» jome masjididagi 4-yanvar kungi juma namozida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov namozxonlarga yangi bosh imom-xatibni tanishtirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter