Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Propiskasizlar Toshkent shahridan uy sotib olsa bo‘ladimi?

Propiskasizlar Toshkent shahridan uy sotib olsa bo‘ladimi?

Foto: «Sud.uz»

«Hozirgi kunda davlat qurayotgan uydan ipotekaga uy olib, uni to‘lash imkoniyatiga egaman. Ammo xususiy tashkilotlar qurgan uydan olsam, oyiga juda katta summa to‘lashga to‘g‘ri kelarkan. Budjet tashkilotida ishlayman. Propiskam yo‘q. Davlat qurayotgan uylar uchun ipoteka kreditini olsam bo‘ladimi?»

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-fevraldagi 41-sonli «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi qaroriga asosan:

— ko‘chmas mol-mulkning oldi-sotdi bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali to‘lagan holda sotib olganda ham amalga oshiriladi.

Ushbu Nizom maqsadlari uchun yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida vujudga kelgan va uni qabul qilingan paytdan e’tiboran uch yil o‘tmagan mol-mulk tushuniladi.

Ko‘chmas mol-mulklarning oldi-sotdi bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish:

— Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan va o‘sha mintaqalarda doimiy propiskaga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda;

— Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida shartnoma tuzilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qiymati 150 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali O‘zbekiston Respublikasining vakolatli banklaridan xorijiy valyutani sotish orqali olingan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida sotib olganda ham amalga oshiriladi.

Ushbu Nizom maqsadlari uchun yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida vujudga kelgan va uni qabul qilingan paytdan e’tiboran uch yil o‘tmagan mol-mulk tushuniladi.

Biroq fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Ro‘yxatda nazarda tutilmagan shaxslar toifasi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring