Toshkent shahridagi Inha universiteti professori xalqaro VIF mukofotini qo‘lga kiritdi
Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) professori hamda «Kompyuter fanlari va muhandisligi» departamenti rahbari, doktor Abdul Rahim Nosir, xalqaro «Life Time Achievement Award In Engineering Leadership ot Venus International Foundation» (VIF) mukofoti sohibiga aylandi.
Abdul Rahim Nosir mazkur mukofotni «so‘nggi 33 yil davomidagi muhandislik ta’limi sohasidagi ulkan hissasi hamda hamjamiyatning rivojlanishiga qo‘shgan ulushi uchun» qo‘lga kiritdi. Taqdirlash marosimi Hidistonning Chenay shahrida bo‘lib o‘tdi.
Doktor Abdul Rahim Nosir muhandislik ta’limi sohasiga qo‘shgan hissasi uchun 50 dan ortiq xalqaro va milliy mukofotlar sovrindori hisoblanadi.
IUT professori ko‘pgina universitetlarda turli ma’muriy lavozimlarda ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter