Toshkent shahri aholisi ogohlantirildi

Poytaxt FVB kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi.
Toshkent shahri hududida kuchli shamol bo‘lishi kutilayotganligi sababli quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilishni tavsiya qilingan:
- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
-ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
Shu o‘rinda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter