Toshkent shahar IIBB drift qilgan «erkatoy»larni qidiryapti
![Toshkent shahar IIBB drift qilgan «erkatoy»larni qidiryapti](https://static.xabaruz.com/crop/3/2/720_460_95_320793226.jpg)
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtda drift qilib, xavfli vaziyat yuzaga keltirgan va keyin qochib ketgan haydovchilarni qidirmoqda.
Gap shundaki, ijtimoiy tarmoqlarda «Brodveyda tunda bir nechta «erkatoylar» driftlar qilishmoqda» nomli videolar tarqalgan. Ushbu holat yuzasidan IIBB rasmiy xabar bergan.
Aniqlanishicha, 17 aprel kuni taxminan soat 22:30 larda Yunusobod tumani Istiqlol ko‘chasida bir nechta avtomashinalar drift qilib, xavfli vaziyatni yuzaga keltirishgan. Natijada 1999 yilda tug‘ilgan M.N. o‘ziga tegishli «Neksiya-3» avtomashinasida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga urilgan.
To‘qnashuv natijasida haydovchi jarohat olmagan, lekin ichki ishlar organlariga xabar bermasdan, hodisa joyidan ketib qolgan. Holat yuzasidan fuqaro M.N.ga nisbatan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Huquqbuzarlikni sodir etgan qolgan avtomashinalarni aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter