Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligi jiddiy ogohlantirdi

Toshkent shahar hokimligi jiddiy ogohlantirdi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisi va mehmonlariga murojaat e’lon qildi. 

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, 7-8-noyabr kunlari Toshkent shahrida kuchli shamol va yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmasligingizni, o‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni so‘raymiz», deyiladi ma’lumotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zgidromet» yaqin orada O‘zbekistonda ob-havo sovushi mumkinligini ma’lum qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring