Toshkent shahar hokimi ishdan olindi
Ko‘p yillardan beri Toshkent shahar hokimi lavozimida faoliyat olib borgan Rahmonbek Usmonov o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar berdi.
Lekin hozircha ushbu xabar rasman tasdiqlanmagan.
R.Usmonov 2012-yildan beri Toshkent shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun: Usmonov Rahmonbek Jahongirovich 1960-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1982-yil Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan.
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.
1977–1982-yillar — Toshkent avtomobil yo‘llari instituti talabasi.
1982–1990-yillar — 1-Avtokorxona uchastka ustasi, avtokolonna boshlig‘i, katta muhandisi, tasarruf bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
1990–1993-yillar — «O‘zagroqurilish» birlashmasiga qarashli «Agroqurilishmexservis» ishlab chiqarish informatsiya boshqarmasi boshlig‘i, qurilishmexservis direktori, bosh direktor o‘rinbosari.
1993–1996-yillar — 1-Avtokorxona direktori.
1996–1996-yillar — «Toshshaharyo‘lovchiavtotrans» birlashmasi boshlig‘i.
1996–2001-yillar — «Toshshaharyo‘lovchitrans» davlat uyushmasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari.
2001–2003-yillar — Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining birinchi o‘rinbosari.
2003–2005-yillar — Yakkasaroy tumani hokimi.
2005–2011-yillar — Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.
2011–2012-yillar — Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi.
2012–2018-yillar — Toshkent shahar hokimi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter